Teri va mo‘ynani pardozlashdan oldingi ishlov berish mashinasini takomillashtirish va tadqiq qilish

Qabul qilingan: 2026-10-14

Nashr etilgan: 2026-10-14

Annotatsiya

Maqolada texnologik mashina va qurilmalar, shuningdek, teri hamda mo‘ynaning teri to‘qimasini silliqlash va yakuniy pardozlash texnologiyalarining tizimlashtirilgan sharhi keltirilgan. Abraziv materiallardan to‘liq foydalanishni hisobga olgan holda charm va mo‘yna yarim tayyor mahsulotlariga ishlov berishni ta’minlaydigan silliqlash mashinasi ishlab chiqilgan. Ishchi barabanda silliqlash varaqlarini ag‘darish va tez almashtirish imkoniyati mavjudligi tufayli teri xomashyosining turi va xususiyatlariga qarab silliqlash jarayonini optimal rejimda olib borish uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari, silliqlash barabaniga ega mashinaning geometrik, kinematik va boshqaruv parametrlarini oqilona asoslash uning iqtisodiy samaradorligini oshirish va ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu ishda teriga ishlov beruvchi barabanli silliqlash mashinasining ishchi barabani mustahkamligi tahlil qilingan. Baraban sifatida yuk ta’sirida aylanuvchi silindrsimon val qaraladi. Terini silliqlash jarayonida baraban sirtiga ishqalanish kuchlari va ayrim hollarda notekis taqsimlangan yuklar ta’sir qiladi. Baraban doimiy ravishda aylanish rejimida ishlaganligi sababli uning devorida aylanish natijasida hosil bo‘ladigan markazdan qochma kuch, teri bilan kontakt bosimi, baraban o‘qiga uzatiladigan yuklar ta’sirida yuzaga keluvchi egilish hamda val orqali uzatiladigan moment sababli burilish kuchlanishlari vujudga keladi. Shu sababli barabanni murakkab mexanik tizim sifatida tahlil qilish zarur. Tayyorlangan silliqlash barabani bo‘yicha o‘tkazilgan hisobiy-nazariy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, aylanish chastotasi \(n=1200\) ayl/min va o‘rtacha hisobiy radius \(r=0.145\) m bo‘lganda aylana yo‘nalishidagi normal kuchlanish taxminan \(2.61\) MPa ni tashkil etadi. Hisoblash modelini chegaraviy holatda tekshirish shuni ko‘rsatdiki, aylanish mavjud bo‘lmaganda \(\omega \to 0\), aylana kuchlanishi nolga intiladi. Shuningdek, kuchlanish material zichligiga chiziqli, burchak tezligi va radiusga esa kvadratik bog‘liqligi aniqlangan. Olingan hisoblash natijalari qabul qilingan analitik modelning tayyorlangan silliqlash barabani parametrlari bilan mosligini tasdiqlaydi.

Adabiyotlar ro'yxati

  1. Бурмистров А.Г. Машины и аппараты производства кожи и меха. – М.: КолосС, 2006. – 384 с.

  2. Машина для шлифования кож Патент №IAP 8240. Авторы: Бахадиров Г.А., Набиев А.М., Цой Г.Н., Хусанов К., Турсунбоев Л.Э., Игамбердиев Б.С, Султанов А.А. Официальный бюллетень Центра интеллектуальной собственности, №10(294), 25.10.2025 г.

  3. Auezhan T. Amanov, et al. The Improvement of the Rheological Model of Leather. International Journal on Advanced Science, Engineering and Information Technology, Vol. 13 (2023) No. 1, pages: 321-328, doi: http:// dx.doi.org/10.18517/ijaseit.13.1.17360.

  4. Bahadirov G., Musirov M. Study of deformation of sheet material moving between rollers // AIP Conference Proceedings. – 2022. – Vol. 2467. – Article 060017. – DOI: http:// .doi.org/10.1063/5.0093197.

  5. Ayder Nabiev, et al. Conditions for vertical pulling of semi-finished leather products under driving rollers. E3S Web of Conf., 376 (2023) 01073. DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337601073.

  6. Amanov A.T., et al. Improvement of the Process of Mechanical Dehydration of Five-Layer Semi-finished Wet Leather Products. Textile & Leather Review. 2021; 4(4):282-294. doi: http:// dx.doi.org/10.31881/TLR.2021.27.

  7. Bahadirov G., Musirov M., & Nabiev A. Determination of rational parameters of a device for leather feeding to the machining area. Eastern-European Journal of Enterprise Technologies, 2(1 (122), 62–72. https://doi.org/10.15587/1729-4061.2023.277393.

  8. Amanov A.T., et al. A Study on the Pressure Mechanism Improvement of a Roller-Type Machine Working Bodies. Materials 2023, 16, 1956. http:// dx.doi.org/10.3390/ma16051956.

  9. Pandiyan V., Caesarendra W., Glowacz A., Tjahjowidodo T. Modelling of Material Removal in Abrasive Belt Grinding Process. // A Regression Approach. Symmetry.2020, 12, 99; doi: http:// dx.doi.org/10.3390/sym12010099.

  10. UNIDO. Occupational Safety and Health Aspects of Leather Manufacturing. Vienna, 2021.

  11. Ding X., Li Y., Chen J., Huang X., Chen L., Hu Z. Sustainable utilization of finished leather wastes: A novel collagen hydrolysate-based gypsum additive with high-retarding performance // Process Safety and Environmental Protection.2023. – Vol. 172. – P. 463–472.– doi: http://dx.doi.org/10.1016/j.psep.2023.02.040.

  12. Cirillo C., Iuliano M., Florio C., Fierro F., Gallucci L., Maffei G., Loi A., Scarpa D., Sarno M. High performance leathers finishing through zero waste and metal-free leather wastes valorization. // Scientific Reports.– 2025. – Vol. 15, No. 1. – Article 18105. – doi: http://dx.doi.org/10.1038/s41598-025-03182-6.

  13. Fierro F., Iuliano M., Cirillo C., Florio C., Maffei G., Loi A., Batakliev T., Adami R., Sarno M. Multifunctional leather finishing vs. applications, through the addition of welldispersed flower-like nanoparticles. // Scientific Reports.2024 Jan 25;14(1):2163. doi: http://dx.doi.org/10.1038/s41598-024-51775-4.

  14. Cirillo C., Iuliano M., Fierro F., Florio C., Maffei G. Loi A., Batakliev T., Adami R., Sarno M. Silver Nanoparticle-Based Finishing for Leather Antimicrobial and UV Protection // Micromachines.22025. Vol. 16, No. 4. Art. 376. doi: http://dx.doi.org/10.3390/mi16040376.

  15. Zhang, T.; Wang, Q.; Wang, N.; Yan, L.; Jiang, F.; Zhang, E.; Zhou, W.; Gao, H.; Wang, Y. Surface Integrity in the Grinding of Hardened AISI D2 Steel. Materials 2025,18, 814. https:// doi.org/10.3390/ma18040814.

  16. Wu, Z., Fan W., Qian Ch., Hou G. Contact Mechanism of Rail Grinding with Open-Structured Abrasive Belt Based on Pressure Grinding Plate. Chin. J. Mech. Eng. 36, 42 (2023). https:// doi.org/10.1186/s10033-023-00862-0.

  17. Cao Y., Zhao J., Qu., X., Wang X., Liu B. Prediction of Abrasive Belt Wear Based on BP Neural Network // Machines. 2021. Vol. 9, No. 12. Art. 314. DOI: http://dx.doi.org/10.3390/machines9120314.

  18. Pandiyan V.P. Modelling and in-process monitoring of robotic abrasive belt grinding process;PhD thesis. Nanyang Technological University, 2019. DOI: http://dx.doi.org/10.32657/10220/47799.

  19. Amanov A.T., Bahadirov G. A., Tsoy G.N., Nabiev A. M. Effect of Multilayer Processing of Semi-finished Leather Products, International Journal of Mechanical Engineering and Robotics Research, Vol. 11, No. 4, pp. 248-254, April 2022. DOI: http://dx.doi.org/10.18178/ijmerr.11.4.248-254.

  20. Palija T., Jaic M., Dzincic I. The impact of sanding system on the surface roughness of medium density fibreboard // Wood Industry and Engineering. 2019. Vol. 01, No. 01. P. 27-32. http://dergipark.org.tr/wie.

  21. Serpin K., Mezghani S., Mansori M. Wear study of structured coated belts in advanced abrasive belt finishing // Surface & Coatings Technology. 2015. Vol. 284. P. 365–376. DOI: http://dx.doi.org/10.1016/j.surfcoat.2015.10.040.

  22. Bahadirov G. A., Tsoy G.N., Nabiev A. M. The effect of roller pressure and feed rate on hides squeezing // E3S Web of Conf. Volume 402, 2023. International Scientific Siberian Transport Forum - TransSiberia 2023. https:// doi.org/10.1051/e3sconf/202340210016.

  23. Bahadirov G.A., Sultanov T.Z., Abdukarimov A. (2020) Kinematic analysis of tooth-lever differential transmission mechanisms. IOP Conf. Ser.: Earth Environ. Sci. 614 012101. doi: http://dx.doi.org/10.1088/1755-1315/614/1/012101.

  24. Iuliano M., et al. Titania nanoparticles finishing for smart leather surface. Progress in Organic Coatings, 2024, art. 108457. DOI: http://dx.doi.org/10.1016/j.porgcoat.2024.

  25. GOST 1050–2013. Metal products from nonalloyed structural quality and special steels. General specifications.. // Interstate Standard, 2013.

Mualliflar haqida

Lochinbek Tursunboyev
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘razboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti

Litsenziya

Qanday iqtibos keltirish kerak

Teri va mo‘ynani pardozlashdan oldingi ishlov berish mashinasini takomillashtirish va tadqiq qilish. (2026). “Mexanika Muammolari” O‘zbekiston Jurnali, 37(3), 123-135. https://pmjournal.uz/jour/article/view/32

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.

ISSN 2010-7250 (Print)