Chigit valigi zichligining linter fartugi sezgir elementi deformatsiyasiga ta’siri

Qabul qilingan: 2026-07-08

Nashr etilgan: 2026-09-30

Annotatsiya

Dolzarbligi: linter mashinasining ishchi kamerasida chigit valigi zichligini nazorat qilish texnologik jarayonni barqarorlashtirish va energiya sarfini kamaytirish uchun zarur. Usullar: zichlikni nazorat qilish qurilmasining konsolli sezgir devori bir tekis taqsimlangan markazdan qochma yuk \(q\) ta’sirida egilishi masalasining analitik yechimi Eyler–Bernulli tenglamalari asosida olindi. Yuk ishchi organlarning aylanish chastotasi, chigit valigining kontakt qatlamidagi zichligi va qalinligi hamda ishchi kamera radiusi orqali aniqlanib, avvalgi hisob-kitoblarga nisbatan aniqlashtirildi. Uzunligi \(L = 260\) mm va eni \(b \approx 180\) mm bo‘lgan po‘lat va mis devorlarning qalinligi mustahkamlik shartidan kelib chiqib aniqlandi. Natijalar: hisoblangan yuk diapazoni \(q \approx 0,66–3,63\) kN/m ni tashkil etdi. \(n_s \geq 1,5\) mustahkamlik zaxirasi koeffitsiyentida po‘lat devor qalinligi kamida 5 mm, qattiq (naklyoplangan) mis devor qalinligi esa kamida 4,7 mm bo‘lishi kerak; yumshatilgan mis foydalanish uchun yaroqsiz. Maksimal egilishning chigit valigi zichligiga bog‘liqligini ifodalovchi kalibrlash bog‘lanishi olindi va uning sezgirligi baholandi. Xulosa: yuk va geometrik parametrlarni aniqlashtirish dastlabki bosqichdagi hisob-kitoblarga nisbatan devor qalinligi bo‘yicha tavsiyalarni sezilarli darajada o‘zgartiradi. Taklif etilgan metodika linter mashinasida chigit valigi zichligini nazorat qilish qurilmasining sezgir elementini loyihalashni asoslash imkonini beradi.

Adabiyotlar ro'yxati

  1. Koordinirovannaˆa tehnologiˆa perviˇcnoj obrabotki hlopka PDI-70-2017 [Coordinated technology of primary cotton processing PDI-70-2017]. Paxtasanoat ilmiy markazi; Mehnat; 2017. (In Russian).

  2. Dzhabborov GD, Otametov TU, Khamidov AK. Tehnologiˆa obrabotki hlopka [Cotton processing technology]. Uchitel; 1987. (In Russian).

  3. Sulaymonov RS. Sozdanie racional’noj tehnologii processov linterovaniˆa semˆan hlopˇcatnika i oˇcistki linta [Development of a rational technology for cotton-seed linting and linter cleaning]. DSc thesis. Tashkent; 2019. (In Russian).

  4. Rakipov VG, et al. Izuˇcenie tehnologij i oborudovaniˆa zarubeˇznogo proizvodstva po dˇzinirovaniˆu hlopka-syrca, linterovaniˆu semˆan, oˇcistke volokna i linta [Study of foreign ginning, linting, and fiber/linter cleaning technologies and equipment]. Paxtasanoat ilmiy markazi; 2016. 1601.03. (In Russian).

  5. Miroshnichenko GI. Osnovy proektirovaniˆa maˇsin perviˇcnoj obrabotki hlopka [Fundamentals of designing primary cotton-processing

  6. machines]. Mashinostroenie; 1972. (In Russian).

  7. Shamsuddinov ME. Obespeˇcenie `energosbereˇzeniˆa i `effektivnoj oˇcistki linta putem soverˇsenstvovaniˆa linternoj maˇsiny [Energy saving

  8. and efficient linter cleaning through linter-machine improvement]. PhD thesis. Namangan; 2025. (In Russian).

  9. Sabirov I, Akhmedov D, Khalikov A, Madrahimov D. Analytical studies of the cotton seed linting process. E3S Web of Conferences. 2023;452:01034. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345201034.

  10. Fang L, Zhang R, Duan H, et al. Resistive sensing of seed cotton moisture regain based on pressure compensation. Sensors. 2023;23(20):8421. https://doi.org/10.3390/s23208421.

  11. Mukhammadiev D, Akhmedov K, Ibragimov F, et al. Integrated electromechanical modeling and dynamic analysis of a planetary-driven seed-removing device for cotton gins. AgriEngineering. 2026;8(9):393. https://doi.org/10.3390/agriengineering8090393.

  12. Pokras MV. Razrabotka tehnologii sredstv, formiruˆuˆsih liniˆu linterovaniˆa semˆan hlopˇcatnika [Development of process equipment for a cotton-seed linting line]. PhD thesis. Tashkent; 2018. (In Russian).

  13. Pasport pil’nogo voloknootdelitelˆa 4DP-130 [Technical passport of the 4DP-130 saw-type fiber separator]; 1988. Uzbekhlopkomash. (In Russian).

  14. Feodosiev VI. Soprotivlenie materialov [Strength of materials]. Izdatel’stvo MGTU imeni N.E. Baumana; 1999. (In Russian).

Mualliflar haqida

Xamidulla Axmedov
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘razboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti
Ilhom Ergashev
Farg'ona davlat texnika universiteti
Lochinbek Dalibekov
Farg'ona davlat texnika universiteti

Litsenziya

Qanday iqtibos keltirish kerak

Axmedov, Xamidulla, Ilhom Ergashev, and Lochinbek Dalibekov, trans. 2026. “Chigit Valigi Zichligining Linter Fartugi Sezgir Elementi Deformatsiyasiga Ta’siri”. “Mexanika Muammolari” O‘zbekiston Jurnali 37 (3): 113-21. https://doi.org/10.68846/pmjournal-2026-37-00013.

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.

ISSN 2010-7250 (Print)