Silindrsimon radial oqimli filtrda massa ko‘chishi va adsorbsiyaning ikki masshtabli sonli modeli

Qabul qilingan: 2026-06-28

Nashr etilgan: 2026-09-30

Annotatsiya

Ichkariga yo‘nalgan radial oqim sharoitidagi halqasimon silindrik filtrda massa ko‘chishi va adsorbsiya jarayonlari uchun ikki masshtabli (makro–mikro) matematik model hamda verifikatsiyadan o‘tgan sonli usul ishlab chiqilgan. Makro masshtabda \(|u_r| \propto 1/r\) ko‘rinishidagi g‘ovaklararo tezlikka ega o‘q bo‘yicha simmetrik adveksiya–dispersiya tenglamasi tashqi plyonkali massa almashinuvi va mahalliy Langmuir muvozanati orqali sferik granulalar ichidagi sirt diffuziyasi bilan bog‘langan; granulalar ichidagi jarayon bir jinsli sirt diffuziyasi modeli yordamida ifodalangan. Plyonkali massa almashinuvi koeffitsiyenti va radial dispersiya standart Sherwood hamda dispersivlik korrelyatsiyalari orqali tezlikka bog‘liq holda aniqlangan. Masalaning to‘liq o‘lchamsiz shakli hosil qilinib, asosiy o‘lchamsiz parametrlar — radial Peclet soni, sig‘imlar nisbati, Biot soni, granuladagi diffuziya vaqti hamda radiusga bog‘liq Damköhler soni — baholangan. Granulalangan faol ko‘mir uchun tanlangan namunaviy holatda jarayon granulalar ichidagi diffuziya bilan cheklanadi va \(Da_p \sim 10^2–10^3\) ni tashkil etadi.
Tez diffuziya va tashqi plyonka qarshiligi e’tiborsiz bo‘lgan chegaraviy holatda model klassik chiziqli harakatlantiruvchi kuch qonuniga keltiriladi. Sonli usul teng hajmli radial to‘rda konservativ chekli hajmlar diskretizatsiyasi, Strang operatorli ajratish usuli va granula ichidagi masalaning spektral (modal) reduksiyasini birlashtiradi. To‘r, vaqt qadami va modalar soni bo‘yicha yaqinlashish, massaning mashina aniqligida global saqlanishi, yechimning musbatligi hamda chiziqli harakatlantiruvchi kuch chegaraviy modeli bilan moslik ko‘rsatilgan. Bir xil yashash vaqtiga ega, tezligi bir tekis bo‘lgan qatlam bilan nazoratli taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, granulalar ichidagi diffuziya koeffitsiyenti o‘zgarmas bo‘lganda radial tezlik maydoni asosan ichki yuklanishni qayta taqsimlaydi, chiqishdagi yorib o‘tish egri chizig‘i esa bir tekis tezlik holatiga yaqinligicha qoladi.

Adabiyotlar ro'yxati

  1. Qasem NAA, Mohammed RH, Lawal DU. Removal of heavy metal ions from wastewater: a comprehensive and critical review. npj Clean Water. 2021;4:36. https://doi.org/10.1038/s41545-021-00127-0.

  2. Ruthven DM. Principles of Adsorption and Adsorption Processes. John Wiley & Sons; 1984.

  3. Langmuir I. The adsorption of gases on plane surfaces of glass, mica and platinum. J Am Chem Soc. 1918;40(9):1361–1403. https://doi.org/10.1021/ja02242a004.

  4. Dima JB, Ferrari MA, Zaritzky N. Mathematical modeling of breakthrough curves in dynamic column adsorption: analytical solutions and validation. J Eng Math. 2024;147:5. https://doi.org/10.1007/s10665-024-10375-x.

  5. Patel H. Fixed-bed column adsorption study: a comprehensive review. Appl Water Sci. 2019;9:45. https://doi.org/10.1007/s13201-019-0927-7.

  6. Xu Z, Cai JG, Pan BC. Mathematically modeling fixed-bed adsorption in aqueous systems. J Zhejiang Univ Sci A. 2013;14(3):155–176. https://doi.org/10.1631/jzus.A1300029.

  7. Zhang Q, Crittenden J, Hristovski K, et al. User-oriented batch reactor solutions to the homogeneous surface diffusion model for different adsorption kinetics. Chem Eng Sci. 2009;64(13):3010–3019. https://doi.org/10.1016/j.ces.2009.03.031.

  8. Sperlich A, Schäfer D, Worch E, et al. Breakthrough behavior of granular ferric hydroxide fixed-bed adsorption filters. J Water Supply Res Technol AQUA. 2005;54(3):155–164.

  9. León G, García F, Pérez A, et al. Homogeneous diffusion solid model as a realistic approach to describe adsorption onto materials with different geometries. Molecules. 2021;26(17):5314. https://doi.org/10.3390/molecules26175314.

  10. Zhang W, Dong L, Yan H, et al. Diffusion of hydrophilic organic micropollutants in granular activated carbon with different pore sizes. Water Res. 2019;158:211–222. https://doi.org/10.1016/j.watres.2019.04.020.

  11. Glueckauf E. Theory of chromatography. Part 10. Formulæ for diffusion into spheres and their application to chromatography. Trans Faraday Soc. 1955;51:1540–1551. https://doi.org/10.1039/TF9555101540.

  12. Crank J. The Mathematics of Diffusion. 2nd ed. Clarendon Press; 1975.

  13. Bird RB, Stewart WE, Lightfoot EN. Transport Phenomena. 2nd ed. John Wiley & Sons; 2002.

  14. Bear J. Dynamics of Fluids in Porous Media. American Elsevier; 1972.

  15. Wakao N, Funazkri T. Effect of fluid dispersion coefficients on particle-to-fluid mass transfer coefficients in packed beds. Chem Eng Sci. 1978;33(10):1375–1384. https://doi.org/10.1016/0009-2509(78)85120-3.

  16. Pérez Guerrero JS, Skaggs TH. Analytical solution for one-dimensional advection–dispersion transport equation with distancedependent coefficients. J Hydrol. 2010;390(1–2):57–65. https://doi.org/10.1016/j.jhydrol.2010.06.030.

  17. Han F, Huang Y, Hao C, et al. A novel radial flow adsorber with uniform velocity distribution for air purification in liquid air energy storage. Renew Energy. 2025;240:122197. https://doi.org/10.1016/j.renene.2024.122197.

  18. Zhang Y, Ba L, Fan W, et al. Two-dimensional modeling of pressure swing adsorption (PSA) oxygen generation with radial-flow adsorber. Appl Sci. 2019;9(6):1153. https://doi.org/10.3390/app9061153.

  19. Hosseini SS, Sari A, Rahimi A. A modeling analysis on industrial radial-flow packed-bed reactors for the catalytic dehydrogenation of long-chain normal paraffins. Chem Eng Res Des. 2024;212:121–133. https://doi.org/10.1016/j.cherd.2024.10.030.

  20. Ravshanov N, Boborahimov BI, Berdiyorov ShSh. Numerical modeling of filtration and transport processes in a cylindrical porous filter using the finite volume method. Probl Comput Appl Math. 2026;1(71):28–42.

  21. Raoof A, Hassanizadeh SM. Upscaling transport of adsorbing solutes in porous media: pore-network modeling. Vadose Zone J. 2010;9(3):624–636. https://doi.org/10.2136/vzj2010.0026.

Mualliflar haqida

Baxtiyor I.Boborahimov
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
Mohinur U.Ermonova
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
Lochinbek S.Usmonov
Guliston davlat pedagogika instituti

Litsenziya

Qanday iqtibos keltirish kerak

Boborahimov, Baxtiyor, Mohinur Ermonova, and Lochinbek Usmonov, trans. 2026. “Silindrsimon Radial Oqimli Filtrda Massa Ko‘chishi Va Adsorbsiyaning Ikki Masshtabli Sonli Modeli”. “Mexanika Muammolari” O‘zbekiston Jurnali 37 (3): 73-83. https://doi.org/10.68846/pmjournal-2026-37-00008.

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.

ISSN 2010-7250 (Print)